«Here we go». "Chelsi" futbolchisi La Ligaga o'tadi

Renatu Veyga "Vilyarreal"ga o'tmoqda.
Ispan klubi "Chelsi" himoyachisining transferini bonuslarni hisobga olgan holda 29,5 mln evroga kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Bitim, shuningdek, o'yinchini qayta sotishning sezilarli foizini o'z ichiga oladi.
Qayd etilishicha, Veyganing transferi "Vilyarreal" uchun rekord bo'ladi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini portugaliyalik ijara asosida "Yuventus"da o'tkazgandi.