Here we go. "Chelsi" 40 million evrolik yangi transfer amalga oshiradi

"Ayaks" himoyachisi Yorrel Xato faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi, deya xabar berdi X ijtimoiy tarmog'ida Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, London klubi 19 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun taxminan 40 million evro to'laydi. Tez orada futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolanadi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Hato barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.