Kecha tunda Madridning "Real" klubi La Liga ilk turida "Osasuna"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona gol Kilian Mbappe tomonidan penaltidan kiritildi.

Statmuse xabariga ko'ra, 2024/25 yilgi mavsum startidan buyon Mbappe La Ligada 8 marta penalti tepgan. Hech bir futbolchi bu davrda La Ligada undan ko'p 11 metrlik jarima zarbasi tepmagan.

"Qaymoqranglilar" liga 2-turida "Ovedo" mehmoni bo'ladi.