Hamrobekov "Nasaf" nishonida bo'lib turibdi

Qarshining "Nasaf" klubi Akmal Mozgovoy klubni tark etgach, yarim himoya chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
"Ajdarlar" dastlab "Dinamo"dan Ratinoni sotib olishni maqsad qilgan edi, ammo Samarqand klubi braziliyalik futbolchini sotmasligini ma'lum qildi.
Endi "Nasaf" e'tiborini "Bunyodkor"dan Odil Hamrobekovni sotib olishga qaratishi mumkin. 29 yoshli futbolchi yaqinda Erondan tushgan taklifni rad etgandi. U kelajagi borasida yaqin orada yakuniy qarorga keladi.