"PSJ" o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy jamoasi bilan navbatdagi muvaffaqiyatga erishdi.

Marokashlik uchun bu uning butun faoliyatidagi 17-kubok sifatida tarixga kirdi - bu afrikalik futbolchilar orasida tarixdagi uchinchi eng yuqori ko'rsatkich, deb xabar beradi Foot Mercato.

Faqat kamerunlik Samuel Eto'O va ivuarlik Yaya Ture ko'proq kubokni qo'lga kiritgan - har biri 18 tadan.

Katta ehtimol bilan Ashraf bu mavsumda ham afsonaviy sobiq futbolchilarni ortda qoldirib, balki reytingda peshqadamlik qiladi.