Gvardiola Rodrigo bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda

Pep Gvardiola Rodrigoni "Manchester Siti"da ko'rmoqchi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi braziliyalik vingerning ashaddiy muxlisi va u bilan shartnoma imzolashni talab qilmoqda. "Manchester Siti" avvalroq xabar qilinganidek, "Tottenxem" qiziqayotgan Savio ketgan taqdirda Rodrigoni sotib olish masalasini jiddiy o'ylamoqda.
Oldinroq "Real" Rodrigo uchun taxminan 100 million evro so'ragani ma'lum bo'lgandi.
O'tgan mavsumda Rodrigo La Ligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.