Pep Gvardiola mo'ylovini olish qarorini qizining ta'siri bilan izohladi.

Mavsum oldi mashg'ulotlarida "Manchester Siti" bosh murabbiyi yangicha qiyofada paydo bo'ldi, biroq Angliya chempionati boshlanganidan so'ng mo'ylovini oldi.

- Mo'ylov, mavsumning asosiy transferi...

- Ular endi yo'q.

- Ular endi yo'qmi?

- Qizim ular dahshatli ekanligini va men ulardan qutulishim kerakligini aytdi, - dedi Gvardiola.