"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni damda kimni jamoaning asosiy darvozaboni sifatida ko'rayotgani haqida gapirdi.

Bugun "shaharliklar" Premer-liga 1-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib boradi. Jurnalistlar ispaniyalik murabbiydan chempionat starti oldidan "birinchi raqamli darvozabon" haqida so'rashdi.

"Hozir bu Ederson. Agar u formada bo'lsa, "Vulverxempton" bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushadi," - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi The Touchline.