Gvardiola: "Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi, ikkinchi esa yo'q"

Angliya Premer-ligasining 1-turida "Manchester Siti" safarda "Vulverxempton"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindan keyin "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola g'alabaga izoh berdi.
"Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi, ikkinchisi - yo'q. Bizda qisqa mavsumoldi yig'ini bo'ldi. "Molinyu" stadionida doim muammolarga duch kelganmiz. Ikki yil oldin biz bu erda yutqazgandik, o'tgan mavsumda esa Jon Stouns so'nggi daqiqalarda gol urgandi. Bu erda har doim qiyin, shuning uchun natijadan juda xursandman. Yaxshi o'ynadik. Boshidanoq yaxshi temp va tezlikni ko'rsatdik," - dedi Gvardiola BBC’ning Match of the Day dasturida.
Ikkinchi turda "Manchester Siti" o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi. O'yin 23 avgust kuni bo'lib o'tadi.