Gruziya terma jamoasi a'zosi "Udineze"ga o'tadi

"Empoli" va Gruziya terma jamoasi markaziy himoyachisi Saba Goglichidze faoliyatini A Seriyaning boshqa bir klubida davom ettiradi.
Janluka di Martsio xabariga ko'ra, 21 yoshli gruziyalik futbolchi 4 million evro evaziga "Udineze"ga o'tadi.
Futbolchi 4 yillik shartnoma imzolaydi. Yaqin kunlarda tibbiy ko'rik va rasmiy shartnoma imzolash jarayoni bo'lib o'tadi.