Madridning "Atletiko" klubida uzoq vaqtdan beri to'p tepib kelayotgan yulduz frantsuz Antuan Grizmann Ispaniyani Saudiya Arabistoniga almashtirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar bermoqda.

34 yoshli hujumchini ayni damda "Al-Hilol" klubini boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Simone Indzagi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Grizmann transferi uchun saudiyaliklar "matraschilar"ga taxminan 20 million evro to'lashi mumkin. Transfermarkt portali frantsuzning narxini 18 million deb baholamoqda.

Grizmann va Madridning top-klubi o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning yozida tugaydi.