Grizmann va Ramos bir jamosda to'p tepishi mumkin

"Monterrey" klubi "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Meksikaning TUDN va Record nashrlari.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati "PSJ" va "Real" sobiq himoyachisi Serxio Ramos bilan shartnoma imzolaganidan so'ng, 34 yoshli frantsiyalik futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Chorshanba kuni "Monterrey" rahbariyati Grizmanning manfaatlarini himoya qiluvchi singlisi bilan uchrashdi.
Grizmanning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Grizmann 2024/25-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 56 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.