"Olimpik Marsel" qanot vingeri Meyson Grinvudda A Seriyaga ko'chib o'tish imkoniyati bor.

23 yoshli angliyalik futbolchini "Inter" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Neradzurrilar" Grinvudni hujumni kuchaytirish uchun ajoyib variant sifatida baholashmoqda.

Grinvudning Transfermarkt portalidagi narxi 40 million evro. Uning marselliklar bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.