"Marsel" hujumchisi Meyson Grinvud kelajakdagi rejalarini belgilab oldi.

Angliyalik futbolchini "An-Nasr" o'z safiga qo'shib olmoqchi, bu haqda yaqinda ma'lum bo'ldi. Jurnalist Rudi Galettining ma'lum qilishicha, hujumchining o'zi transferga qiziqish bildirmoqda - u "Manchester Yunayted"da birga o'ynagan Krishtianu Ronaldu bilan yana bir jamoada o'ynamoqchi.

Qayd etilishicha, Meyson Grinvud portugaliyalik futbolchining taklifiga rozilik bildirgan, biroq muammo o'sha-o'sha - "An-Nasr" "Marsel"ning transfer summasi bo'yicha so'rovini qondirishi qiyin bo'ladi.

23 yoshli futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 40 mln evroga baholanmoqda.