Hujumkor yarim himoyachi Jek Grilish "Manchester Siti"dan ijara asosida "Everton"ga o'tdi.

Futbolchi 18-raqamli libosga ega bo'ldi.

Grilish bu borada fikr bildirdi.

"Bu raqamni tanlaganimning sababi bor. Boshqa variantlar ham bor edi, lekin bilaman, ikki sevimli ingliz o'yinchisi - Ueyn Runi va Pol Gaskoyn bu erda 18-raqamni kiyib yurishgan.

Kelishuvni eshitishim bilanoq qaradim va 18-raqam borligini ko'rdim. Shu paytdan boshlab, bu men olishni istagan yagona raqam edi", – dedi futbolchi.