Hujumchi Luka Yovich "Milan"ni erkin agent sifatida tark etdi. Serbiyalik futbolchi AEK bilan mehnat shartnomasi tuzib, Gretsiyaga ko'chib o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

27 yoshli hujumchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida o'tdi.

Luka o'tgan mavsumda Italiya A Seriyasining 15 ta o'ynida ishtirok etgan. Yovich Belgradning "Tsrvena Zvezda" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Evropada u Frankfurtning "Ayntraxt", Madridning "Real", "Fiorentina" klublaridagi o'yinlari bilan tanilgan. Serbiya terma jamoasi libosida forvard 45 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urgan.