Granit Jaka Saudiya chempionati debyutantining katta maosh taklifini qabul qildi

Jaka Granit "Bayer"dan Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga yaqin turibdi.
Shveytsariyalik 32 yoshli xavbek birinchi diviziondan Saudiya Arabistoni oliy ligasiga chiqqan "Neom" klubi bilan og'zaki printsipial kelishuvga erishdi.
Agar transfer amalga oshsa, Granit sof holda yiliga 10 million evro ishlab topadi.
"Neom" Jaka uchun 6 mln to'lashga tayyor, dushanba kuni hal qiluvchi muzokaralar o'tkazilishi kutilmoqda.
Futbolchiga "Fenerbaxche" ham qiziqish bildirmoqda.