Angliyada "Arsenal"dagi faoliyati bilan muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Granit Jaka faoliyatini yana tumanli Albionda davom ettiradi.

Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Sanderlend" 32 yoshli shveytsariyalikni 20 million evroga sotib oladi.

Tayanch yarim himoyachisi 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Futbolchi bugun yoki ertaga Angliyaga uchib keladi.