Gonsalo Garsiya faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya APLga ko'chib o'tishi mumkin.
Ispaniyalik 21 yoshli hujumchi xizmatlariga APLga qaytgan "Lids" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Garsiya hozirda Transfermarkt portalida 8 million evroga baholanmoqda. U ortda qolgan KO'JChda 6 ta o'yinda 4 ta gol urib, 1 ta assist berdi va turnir to'purari bo'ldi.