"Gondomar" yangi mavsumda Jota va uning ukasi siluetlari tushirilgan formada o'ynaydi(foto)

"Gondomar" yangi kiyimni halok bo'lgan Diogo Jota va uning ukasiga bag'ishladi.
"Liverpul" forvardi, shuningdek, uning Portugaliya ikkinchi ligasi vakili "Penafil" safida to'p tepgan ukasi Andre Teysheyra da Silva 3 iyul kuni Ispaniyada sodir bo'lgan YTHda halok bo'ldi.
Ikkala futbolchi ham faoliyatini "Gondomar" yoshlar jamoasida boshlagan.


Aka-ukalar tug'ilib o'sgan shahar klubi bo'lajak mavsum uchun formalarini taqdim etdi. Barcha to'plamlarning old tomonida Diogu va Andrening yirik siluetlari tasvirlangan, orqa tomonida esa ularning ismlari cheksizlik belgisi bilan yozilgan.