Seru Girassi "Al-Hilol"ga rad javobini berdi va "Borussiya"da qoladi.

Sky Sport jurnalisti Patrik Bergerning ma'lum qilishicha, 29 yoshli forvard Saudiya Arabistonidan bir necha bor taklif olgan.

Ayniqsa, "Al-Hilol" faol bo'lib, futbolchiga katta pul taklif qildi. Shunga qaramay, nemis klubi hujumchisi transferdan bosh tortdi.

Qayd etilishicha, Girassi "Borussiya"da qolib, sovrinlar uchun kurashishni istagan. U Bundesliganing o'tgan mavsumida 30ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urgan.