"Kristal Pelas" yozigi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo'lgan markaziy himoyachisi Mark Gexiga o'rinbosar topib qo'ydi.

The Independent xabariga ko'ra, "burgutlar" Gexining o'rniga "Renn"dan Jeremi Jakeni sotib olmoqchi.

20 yoshli frantsuzning "itlar" bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 10 million evroga baholamoqda.