"Manchester Yunayted" hujumchisi Alexandro Garnacho Saudiyadan bo'lgan katta taklifni rad etdi, deya xabar berdi The Athletic nashri.

Manbaga ko'ra, "An-Nasr" 21 yoshli argentinalikni sotib olishga qiziqish bildirgandi, Garnacho joriy yozda faqat Evropa klublariga o'tishni maqsad qilganini aytdi.

Uning ayni vaqtdagi bahosi 45 million evro.