"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho faoliyatini davom ettirish uchun ma'qul bo'lgan joyni aniqlab oldi.

"Qizil iblislar" argentinalik futbolchini yozda sotib yubormoqchi, chunki u bosh murabbiy Ruben Amorimning rejalariga kirmaydi. Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, 21 yoshli futbolchi faoliyatini Premer-liganing boshqa klubida davom ettirmoqchi. Vaziyatni yanvar oyidan buyon futbolchiga da'vogar hisoblangan "Chelsi" kuzatishda davom etmoqda.

"Ko'klar"ning short-listida Alexandro Garnacho borligi ma'lum, ammo hozircha muzokaralar olib borilmayapti. "Chelsi"ning ustuvor maqsadi - "RB Leyptsig"dan Xavi Simons.