Gari Lineker Markus Reshfordning "Barselona"ga o'tayotganiga munosabat bildirdi

Angliyalik sobiq futbolchi, hozirda ekspert Gari Lineker Markus Reshfordning "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga o'tayotganiga munosabat bildirdi.
"U ajoyib o'yinchi. So'nggi yillarda "Manchester Yunayted"da unga qiyinchiliklar bo'ldi, lekin u juda iste'dodli. U juda tez va juda chaqqon o'yinchi, shuningdek yaxshi inson. Umid qilamanki, u o'z darajasini ko'rsatadi. Hozir ko'p o'yinlar bor va faqat boshlang'ich tarkibdagi 11 futbolchidan ko'proq o'yinchilar kerak. Markus juda iste'dodli o'yinchi va menimcha, u "Barcelona" uchun qimmatli qo'shimcha bo'ladi. Albatta, keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi, lekin men uni "Barcelona"da ko'rib juda xursandman. U mening yaxshi do'stim", - dedi Lineker.