"Galatasaroy" va "Napoli" yana hujumchi Viktor Osimxenning transfer shartlari bo'yicha kelisha olmadi.

Turk klubi 26 yoshli futbolchi uchun talab qilingan 75 mln evroni to'lashga tayyor, ammo klublar to'lovlar tarkibini kelisha olmayapti. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Napoli" birdaniga 40 million evro va 2026 yilgacha yana 35 million olishni istagan, shuningdek, italyan grandi forvardning kelajakdagi qayta sotuvidan foiz olishni mo'ljallagan. "Galatasaroy" bunday so'rovni qondirmadi: Istanbulliklar summaning bir qismini - 35 million evroni 2027 yilgacha bo'lib to'lamoqchi, shuningdek, keyingi sotishda foydani bo'lishmoqchi emas.

Muzokaralar davom etmoqda. Nigeriyalik futbolchining o'zi "Galatasaroy"ga rozilik bildirgan.