"Galatasaroy" Osimxen uchun "Napoli"ga yangi taklif yubordi

"Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen uchun kurashda "Galatasaroy" taslim bo'lmayapti.
Yaqinda turk klubi 26 yoshli futbolchi uchun 60 mln evro taklif qilgan, ammo rad javobini olgandi. Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotiga ko'ra, istanbulliklar yulduz hujumchiga yangi taklif bilan chiqadi. Tez orada muzokaralar davom ettiriladi.
Viktor Osimxenning shartnomasida 75 mln evro tovon puli ko'rsatilgan - "Napoli" nigeriyalikni sotish orqali aynan shuncha pul ishlab olmoqchi. Futbolchiga Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" va Turinning "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
Osimxen o'tgan mavsum "Galatasaroy" safida ijara asosida to'p tepgan edi.