"Galatasaroy" Osimxen uchun 75 million evroni ikki bo'lib to'lamoqchi

"Galatasaroy" "Napoli"ga Viktor Osimxen bo'yicha yangi taklif bilan chiqdi.
Avvalroq, neapolliklar forvardni 70 mln evroga sotishdan bosh tortgan edi.
Endi "Galatasaroy" 75 mln evro taklif qilmoqda, shundan 40 mln evro birdaniga, 35 mln evro esa bo'lib-bo'lib to'lash sharti bilan, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Qaror yana "Napoli"da qoladi.
Osimxen o'tgan mavsumda "Galatasaroy" safida ijara asosida to'p tepgan - Turkiya chempionatida 30 ta o'yinda 26 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.