"Galatasaroy" Miyo bilan shartnoma imzolash ishlarini boshladi

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi "Shtutgart"dan frantsiyalik yarim himoyachi Entso Miyoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NTV Spor portali xabar bermoqda.
Jamoa vakillari Miyoni bir necha yil davomida kuzatib borishgan. Manbaga ko'ra, "Galatasaroy" vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan gaplashib, maosh miqdori bo'yicha o'zaro kelishuvga erishgan.
O'tgan mavsumda 23 yoshli Miyo barcha ehtimoliy klub turnirlarida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.