"Galatasaroy" "Manchester Siti"ga ilk rasmiy taklif bilan chiqdi

"Manchester Siti" darvozaboni Ederson Moraes faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoga ma'lum bo'lishicha, "Galatasaroy" Ederson bo'yicha "Manchester Siti"ga birinchi rasmiy taklifni bergan. Manbaga ko'ra, turklar o'n million evrolik taklif yuborgan, ammo "shaharliklar" ko'prog'ini xohlamoqda.
Ta'kidlanishicha, Ederson sotib yuborilgan taqdirda "Manchester Siti" Angliyaga ko'chib o'tishga tayyor bo'lgan "PSJ" vakili Janluiji Donnarummani o'z safiga qo'shib oladi.
Avvalroq "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Edersonni jamoaning asosiy darvozaboni deb atagandi.