Diogu Koshta Turkiya chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin.

"Portu" "Galatasaroy"dan 25 yoshli posbonni sotib olish bo'yicha taklif oldi.

Turk klubi darvozabon uchun 20 million evro va bonuslar to'lashga tayyor.

"Galatasaroy" hamon "Manchester Siti" darvozaboni Edersonni o'z safiga qo'shib olishga umid qilmoqda. Koshta muqobil variant sifatida qaralmoqda.