"Union" "Galatasaroy"dan himoyachisi Derrik Ken transferini e'lon qildi. Turkiya klubi kelishuv summasi 4 million evroni tashkil etgani, shuningdek, 500 ming evro miqdorida bonuslar ko'zda tutilganini ma'lum qildi.

Agar futbolchi qayta sotilsa, berlinliklar bu transferdan keladigan umumiy daromaddan 20 foizini "Galatasaroy"ga beradi.

Avvalroq, "Spartak" 26 yoshli futbolchi uchun 5 million evro taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ken o'tgan mavsumni "Verder"da ijara asosida o'tkazdi.