"Galatasaroy" Bundesligadan yarim himoyachi sotib olishga yaqin turibdi

Avvalroq, frantsiyalik yarim himoyachi Entso Miyoga qiziqish bildirayotgani aytilgan Turkiyaning "Galatasaroy" klubi kelishuvni yakunlashga yanada yaqinlashdi. Bu haqda Germaniyaning Kicker nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, manfaatdor tomonlar allaqachon og'zaki kelishuvga erishgan. Avvalroq, "Shtutgart" sharafini himoya qilayotgan Miyo vataniga qaytishi mumkinligi aytilgandi, ammo yakunda unga birorta ham munosib taklif bo'lmadi.
Miyoning amaldagi shartnomasi 2028 yilda o'z nihoyasiga etadi, biroq u "Shtutgart" taxminan 16 million evro tovon puli olsa, ketishi mumkin (boshqa ma'lumotlarga ko'ra - 20).