O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) tasarrufidagi “SportTV” va “FutbolTV” telekanallari Evropaning kuchli beshlik chempionatlari — Ispaniya La Ligasi, Frantsiya Liga 1, Italiya A Seriyasi hamda Germaniya Bundesligasi translyatsiya huquqini qo'lga kiritdi. Bu haqda jurnalist Otabek Jo'raev o'zining Telegram-kanalida ma'lum qildi.

Manbaning qo'shimcha qilishicha, yangi mavsumdan boshlab ushbu telekanallar nafaqat mazkur to'rt chempionatni, balki Italiya kubogi, Angliya kubogi kabi nufuzli turnirlarni ham to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi.

Shuningdek, noyabr oyida Qatarda bo'lib o'tadigan 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionati, Osiyo Chempionlar Ligasi, hamda 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati ham “SportTV” va “FutbolTV” orqali namoyish qilinadi.

Manba: www.daryo.uz