"Fulxem" "Shaxtyor" futbolchisi uchun transfer rekordini yangilashga tayyor

"Fulxem" "Shaxtyor" vingeri Kevinni o'z safiga qo'shib olish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Transfer News Live nashrining Sky Sports’ga tayanib xabar berishicha, London klubi 22 yoshli braziliyalik futbolchining transferi uchun transfer qiymati bo'yicha o'z rekordini yangilashga tayyor.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, "Fulxem" tarixidagi eng qimmat yangi futbolchi 31,8 million evro evaziga Emil Smit-Rou bo'lgan.
Avvalroq, "Shaxtyor" Kevinni 50 million evroga sotmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.