Teo Ernandes "Al-Hilol" bilan shartnoma imzoladi.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni klubi "Milan"ning chap qanot himoyachisi uchun 25 million evro to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi Parijda tibbiy ko'rikdan o'tgan va yangi klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Frantsiyalik shartnoma muddati davomida 60 million evro ishlab olishi mumkinligi aytilgandi.

O'tgan mavsumda Teo A Seriyada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.