Frantsiya vitse-chempioni "Yuventus" futbolchisi bo'yicha muzokaralarini davom ettirmoqda

Frantsiya vitse-chempioni "Yuventus" vingeri bo'yicha chuqur muzokaralar olib bormoqda.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Olimpik Marsel" hozirda "Yuventus" bilan Timoti Veani ijaraga olish bo'yicha chuqur muzokaralar olib bormoqda.
Amerikalik futbolchi Frantsiyaga qaytib, "Marsel" safiga borib qo'shilmoqchi. Klublar ijara shartlarini muhokama qilishmoqda.
2024/25 yilgi mavsumda Vea "Yuventus" safida 43 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.