Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi "Oltin to'p" uchun favorit kim ekanligini aytdi

Frantsiya terma jamoasi va Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Gael Klishi "Oltin to'p"ga kim ko'proq loyiq ekani haqida fikr bildirdi.
"Ha, u bir mavsumda 90 tadan gol urmaydi, lekin men uchun Dembele yaqqol favorit. U o'zi gol urishi, assistent vazifasini bajarishi mumkin. U raqib jarima maydoni yaqinida xaus keltirib chiqarishi, pressing orqali himoyaga foyda keltirishi mumkin," - deya Klishining so'zlarini keltiradi RMC Sport.
O'tgan mavsumda Dembele barcha klub musobaqalarida 52 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.