Franko Mastantuono o'ziga ta'rif berdi

Madridning "Real" klubi yangi futbolchisi Franko Mastantuono bugun yangi klubida tanishtirildi.
18 yoshli argentinalik futbolchi o'ziga ta'rif berdi.
"O'zimni qanday ta'riflayman? Men chap oyoqli hujumkor futbolchiman, o'ng qanotda o'ynashni yoqtiraman. O'zimni ortiqcha ta'riflab o'tirmayman, yaxshisi, o'yinlarim o'zi so'zlasin. Men "o'nlik" pozitsiyasida ham o'ynay olaman. Har qanday holatda, murabbiy qaerda o'ynashimni aytsa, o'sha joyda o'ynashga tayyorman", - dedi Mastantuono.