"Fluminense" bosh murabbiyi Renato Gaucho 40 yoshli himoyachi Tiago Silvaning klublar o'rtasidagi JCh-2025 yarim finaliga chiqishdagi hissasi haqida gapirdi.

"Juda muhim. U bir necha jahon chempionatlarida ishtirok etgan va uzoq vaqt davomida Evropaning eng yirik klublarida o'ynagan. U biz uchun juda muhim.

U katta tajribaga ega – bu xuddi maydondagi murabbiydek. U jamoadoshlarini taktik jihatdan boshqaradi va qiyin raqiblarimiz haqida gap ketganda ko'p maslahat bera oladi, chunki ular bilan avval ham o'ynagan. 40 yoshga to'lgan bo'lsa-da, o'yin uslubi bilan 2026 yilgi jahon chempionatiga borishi mumkin", - deya Gauchoning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.