Florentino Peres "Real"ning yangi transferi haqida fikr bildirdi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "qaymoqranglilar"ning yangi a'zosi Alvaro Karreras haqida gapirdi. Klub tarbiyalanuvchisi bo'lgan qanot himoyachisi "Real" bilan 2031 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
"Madridistlar", Alvaro Karreras - bizning futbolchimiz. U bizning qadriyatlarimizni biladi, talablar va bosimlarni biladi. Evropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri yana klubimizga kelib qo'shildi," - deya Peresning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Avvalroq, himoyachining transferi 50 mln evroga baholangani xabar qilingandi. U o'tgan yozda Angliyaning "Manchester Yunayted" klubidan 6 mln evro evaziga "Benfika"ga ko'chib o'tgan edi.