Florentino Peres Rodrini "Real"ga olib kelmoqchi.

Cadena SER xabariga ko'ra, madridliklar klubi prezidenti shaxsan o'zi "Manchester Siti" yarim himoyachisi transferi bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor. Peres "Oltin to'p-2024" sohibini asosiy maqsad deb biladi va kerak bo'lsa, sport blokidagi menejerlarga tayanmasdan shaxsan o'zi harakat qilish niyatida.

Rodrining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilda yakuniga etadi.