Flik uchun yoqimli boshog'riq bor

"Barselona" La Liga yangi mavsumining 1-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda. "Ko'k-anorranglilar"ning safar uchrashuvi 16 avgust, shanba kuni bo'lib o'tadi. Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko'ra kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining asosiy tarkibi bo'yicha bir qarorga kelgan.
Murabbiyda faqat o'ng qanot himoyachisining pozitsiyasi shubha uyg'otmoqda: nemis hozircha Jyul Kunde va Erik Garsiyadan kim asosiy tarkibda o'yinni boshlashini hal qilmagan. Himoyadagi qolgan pozitsiyalarni Alexandro Balde, Kubarsi va Arauxo egallashi, darvozada esa Joan Garsiya o'ynashi kutilmoqda - faqat uni ro'yxatdan o'tkazishga ulgurish kerak. Yarim himoyachilar uchligi Pedri, de Yong va Fermin Lopesdan iborat bo'lib, Rafinya, Ferran Torres va Yamal hujumda harakat qiladi.
"Malorka" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanishi rejalashtirilgan.