Ispaniyalik jurnalist Rojer Torello xabariga ko'ra, "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mashg'ulotlar chog'ida jarohat olgan.

Manbaning yozishicha, germaniyalik mutaxassis mashg'ulotlar paytida o'ng qo'lining ustiga yiqilib tushgan. Flik bugun doktorga ko'rinadi va odatdagidek ishini davom ettiradi.

"Barselona" ertaga La Liga 1-turida "Malorka" mehmoni bo'ladi.