"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub "An-Nasr"ga ketgan Inigo Martines o'rniga yangi markaziy himoyachi sotib olishi dargumonligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi va klub o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilgan edi.

"Menimcha, biz yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolamaymiz. Men bu haqda Deku bilan gaplashaman," - deya germaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Martines "An-Nasr"ga o'tishga rozi bo'ldi, chunki u erda uning maoshi ikki baravar oshadi.