"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik vinger Runi Bardji haqida fikr bildirdi.

19 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida ilk bor yakshanba kuni Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida (3:1) maydonga tushdi. Shvetsiyalik futbolchi ikkinchi bo'lim boshlanishi arafasida Lamin Yamal o'rniga maydonga tushdi va 77-daqiqada gol urdi.

"Runi asosiy jamoada qolishi rejalashtirilgan. Hammasi uning o'ziga bog'liq bo'ladi. Uning qanday salohiyatga ega ekanini ko'rib turibmiz, boshqa yosh futbolchilar va Markus Reshford ham shunday," - deya Flikning so'zlarini keltiradi Barca Universal.

Runi Bardji iyul oyi o'rtalarida Daniyaning "Kopengagen" klubidan "Barselona"ga o'tgan edi.