"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning Osiyo safariga baho berdi.

"Ko'k-anorranglilar" Yaponiyada "Vissel Kobe"ni (3:1), Janubiy Koreyada "Seul" (7:3) va "Tegu"ni (5:0) mag'lub etdi.

"Osiyo safari mening mavsumoldi tayyorgarligimning juda muhim qismi bo'ldi, va "Malorka"ga qarshi o'yinga o'n kun qoldi.

Seuldagi sharoitlardan xursandman va minnatdorman. Uchta o'yin yaxshi sinov bo'ldi", - dedi nemis mutaxassisi.