"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub markaziy himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

"Arauxo? U nega ketishi kerak? Uning atrofida doimo mish mishlar yuradi ammo futbolchi jamoadan ketmaydi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Urugvaylik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.