"Flamengo" "Roma"ning takliflarini rad etishda davom etmoqda

"Flamengo" "Roma"ning Uesli Frans bo'yicha taklifini rad etdi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, braziliyaliklar himoyachini 22 million evroga sotishdan bosh tortgan. "Flamengo" 25 mln evro talab qilmoqda - "Zenit" Uesli uchun shuncha to'lashga tayyor edi. Eslatib o'tamiz, iyun oyida braziliyaliklar peterburgliklar taklifini rad etishgandi - klub 30 mln evro talab qilgani aytilgandi.
Qayd etilishicha, Uesli "Roma"ga o'tishni talab qilmoqda va allaqachon klub bilan kelishuvga erishgan.