"Fiorentina" hujumchisini ijaraga berdi
"Fiorentina"ning angolalik hujumchisi Mbala Nzola "Piza" futbolchisiga aylandi.
Klub "binafshalar" hujumchisini bir mavsumga ijaraga oldi. Nzola 26 yoshda va "binafsharanglar" safiga 2023 yilda kelib qo'shilgan.
Angolalik futbolchi o'tgan mavsumni Frantsiyaning "Lans" klubida o'tkazdi. Transfermarkt portali "Piza"ning yangi futbolchisini 6 million evroga baholamoqda.
Uning asosiy roli markaziy hujumchi, lekin Mbala hujumning o'ng qanotida ham o'ynay oladi.